Umumiy turnir qoidalari
Tahrir: 2026-10-24
1. Qo'llanilishi
Ushbu qoidalar barcha ProLevel turnirlariga tegishli. Turnir sahifasidagi maxsus qoidalar ulardan ustun turadi.
2. Ishtirok
Tasdiqlangan telefon, to'ldirilgan profil va turnir o'yinidagi o'z akkauntingiz kerak. Server/region turnir talabiga mos bo'lishi shart.
Jamoa turnirida tarkibni kapitan yoki klub egasi ro'yxatdan o'tkazadi. Turnir davomida tarkib qulflanadi. Jamoadan chiqqan o'yinchi 7 kundan keyin boshqa tarkibga qo'shila oladi.
Bir jamoa bir vaqtda o'tadigan ikki turnirda qatnasha olmaydi.
3. Check-in va jadval
Check-in yoqilgan turnirlarda belgilangan vaqtda check-in qilmagan jamoa chiqariladi va o'rniga zaxiradagi jamoa o'tadi.
Lobby ID va paroli match boshlanishidan 10 daqiqa oldin ilovada ochiladi. Ularni boshqalarga tarqatish taqiqlanadi.
Belgilangan vaqtda kelmagan jamoaga texnik mag'lubiyat beriladi (kutish vaqti turnir sahifasida).
Match vaqtini ko'chirish faqat raqib va admin roziligi bilan.
4. Natijalar
Match tugagach ikkala kapitan natijani yuboradi va natija ekrani skrinshotini yuklaydi. Natijalar mos kelsa avtomatik tasdiqlanadi.
Natija e'lon qilingandan keyin 30 daqiqa ichida nizo ochish mumkin. Nizoni hakam isbotlar asosida hal qiladi; hakam qarori yakuniy.
Battle royale lobbylarida o'rinlar va killar turnir sahifasidagi ball tizimi bo'yicha hisoblanadi.
5. Taqiqlar
Cheat, makro, ruxsatsiz emulyator (turnir ruxsat bermasa), boshqa o'yinchi akkauntida o'ynash, smurfing, natijani kelishib olish, ataylab o'yinni cho'zish, raqibni haqorat qilish.
Uzilish (disconnect) bo'lsa, o'yin qoidalari va hakam ko'rsatmasiga amal qilinadi; pauza va qayta o'ynash hakam ruxsati bilan.
6. Jazolar
Hakam yoki admin: ogohlantirish, ochko ayirish, texnik mag'lubiyat, turnirdan chetlatish (DQ) va platformadan ban berishi mumkin. Jiddiy holatlarda butun jamoa jazolanadi.
7. Reyting va sovrinlar
Reyting turnir natijalari bo'yicha hisoblanadi va season oxirida qisman tiklanadi. Sovrinlar (bo'lsa) turnir sahifasidagi taqsimot bo'yicha beriladi; sovrin olish uchun ma'lumotlaringiz tekshirilishi mumkin.
8. Shikoyat
Qoidabuzarlik haqida ilovadagi «Shikoyat» tugmasi yoki support orqali xabar bering. Hakam qarori ustidan shikoyat 48 soat ichida support orqali.